Çimkentda sabzavotlar, meva va göşt qimmatlaşdi. Tadbirkorlar buni unumsiz mavsum, stabilizatsiya fondining oblastdagi yangi markazga köçib ötişi va mahsulotning çet elga olib çiqib ketilişi bilan boğlaşmoqda, deya xabar qiladi «Astana» telekanali.
Göşt narxining oşişi kutilmagan böldi. Bir neça hafta mobaynida mol göşti narxi bir kilogramm uçun 1400 tengedan 1600 tengega yetdi.
Sotuvçilarning özi buni bozorga göşt yetkazib beriş keskin kamayişi bilan boğlaşyapti. Realizatorlarning bildirişiça, mahsulot katta qismi kötara (ulgurji) savdo qiluvçilar tomonidan Özbekistonga olib çiqib ketilmoqda.
«Özbekistonga olib çiqib ketilmoqda. Özbekistonga juda köp olib ketilyapti. U yerga olib boriş foydali, deyişmoqda. Boşqa tomondan, yem-xaşak qimmat. Hozir heç kim göşt olmayapti. Qimmat. Rostini aytganda, pensionerlarga oğir», - deydi tadbirkor Jamiddin Yöldoşxöjayev.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yil boşidan beri oziq-ovqat mahsulotlari qançaga qimmatlaşgani ma'lum bölgandi.












