2018 yilning 10 dekabridan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilişni boşladi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
«Model universallik, uslub va ixçamlikning birday mujassamligidir. Tracker komplektatsiyalarida xaridorlarga avtomatik kruiz nazorati, (BYOM2) ma'lumot-köngiloçar tizimi, cvetodiodli kunduzgi yoritiş çiroqlari taqdim etilgan. Avtomobil komplektatsiyasiga şuningdek 6 ta xavfsizlik yostiqçalari, orqa parkovka datçiklari, şuningdek alyuminiy disklari ‘R18 215/55 kiradi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Tracker subixçam avtomobillar sinfiga kiradi: uzunligi 4257 mm, kengligi 1776 mm va balandligi 1679 mm. Avtomobilning yoqilği baki 53 litrni taşkil qiladi.
Avtomobil körinişida unda sport va başanglik mujassamligi aks etadi. Avtomobilning 1,8 litrli dvigatel hajmi 140 ot kuçiga teng. Avtomobilning mustahkamligi, işonçliligi va şinamligi SUV V işqibozi bölgan heç bir xaridorni befarq qoldirmaydi, deya bildirgan kompaniya.
Avtomobilning yoqilği sarfi MT5/AT6 transmissiyali aralaş siklda 100 km.ga 7,1 l. taşkil qiladi. Avtomobil 10,6 soniyada 100 km/s tezlikka yetadi. Model 4-silindrli dvigatel bilan jihozlangan.
Birinçi bosqiçda Tracker krossoveri savdosi va xizmat körsatişi bilan Özbekistondagi birinçi multibrend «Nurafshon AvtoMarkaz» avtosalonining Sergeli tumani Obihayot köçasi, 39 uyda joylaşgan filiali şuğullanadi.
Xaridorlarga avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: Tracker LT M/T va Premier A/T. Tracker’ning LT M/T komplektatsiyasi narxi — 184 308 855 söm, Premier A/T esa 215 680 575 sömni taşkil qiladi.
«Tracker yangi modeli öz sinfida uslub, sifat, qulaylik va xavfsizlikni mujassam qilgan yangi avtomobil bölib xizmat qiladi.
Şu bilan birga aytiş joizki, avtomobilning kompaniya modellar qatoridan joy olişi Özbekiston bozori uçun mutlaqo yangi bölgan SUV V sinfini qöşiş maqsadida amalga oşirilmoqda, Tracker Saptiva avtomobilining örnini egallaşga möljallanmagan», - deya ma'lum qilgan kompaniya.












