Bugundan boşlab, krossoverga şartnoma tuzişlari mumkin, deb xabar bermoqda “UzAuto”. 

Chevrolet Tracker ixçam krossoveri iste’molçi talablarining eng muhim sifatlarni: zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni özida mujassam etgan.

Chevrolet Tracker özining zamonaviy taşqi körinişi hamda salon intereri şuningdek, GM tomonidan işlab çiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli hamda intellektual funksiyalar va xavfsizlik tizimlari jamlanmasi bilan ajralib turadi.

LeD yoritkiçli kunduzgi çiroqlar zamonaviylik va xavfsizlikni yanada oşiradi. Panoramali lyuk Tracker salonida kenglik va erkinlik tuyğusini yaratadi.

Chevrolet Tracker intereri zamonaviy köriniş va betakror uslubga ega bölgan yuqori texnologiyali, dinamik va tejamkor avtomobil ekani bilan ahamiyatlidir. Yangi uslubdagi qulay örindiqlari uzoq safarlarda ham çarçoq hissini bildirmaydi. Zamonaviy texnik xususiyatlar avtomobilni boşqarişda yanada zavq bağişlaydi.

Chevrolet Tracker texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:

  • 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 132 ot kuçi quvvatiga ega zamonaviy uç silindrli CSS Prime turbomotor;
  • 6-poğonali avtomatik uzatmalar qutisi;
  • aralaş siklda tejamkor yoqilği sarfi 6.9 l/100 km, şahar taşqarisidagi yölda harakatlaniş- 5.6 l/100 km;
  • Xavfsizlikni ta’minlaş tizimi;
  • past tezlikda avtomatik tormozlaş; 
  • körinişi çeklangan joylar monitoringi; 
  • faol favqulodda tormozlaş;
  • oldinda turgan tösiqlar haqida ogohlantiriş; 
  • frontal töqnaşuv haqida ogohlantiriş;
  • 6 ta xavfsizlik yostiqchaci.