Aynan şu iş doirasida 600 turdagi butlovçi qismlarni işlab çiqarişni özlaştiriş böyiça 23 ta loyiha realizatsiyasi nazarda tutilgan. Buning natijasida esa mahalliylaştiriş darajasi 56 foizga oşadi.

Iste’molçilar uçun qiziqarli bölgan yana bir loyihaga köra, 2022 yilda Chevrolet Tracker avtomobilining töliq siklini işlab çiqariş yölga qöyiladi.

Yaxşi yangiliklardan yana biri — şu kunlarda «Özavtosanoat» «Tesla» avtomobillarining asosiy raqobatçisi bölgan Xitoyning BYD elektrokarlarini işlab çiqaruvçi yirik kompaniya bilan kelişuvga erişdi.

Ta’kidlaş joizki, «Özavtosanoat» sönggi tört yil içida katta yölni bosib ötdi. Bugun esa hukumat kömagi va iqtisodiy islohotlar tufayli tarmoq raqobat şaroitida işlaşga tayyor. «Özavtosanoat» AJ respublika fuqarolarining manfaatlari yölida bozorni maksimal töldirişni özining burçi deb biladi.

"UzAuto Motors" Axborot xizmati Ⓣ