Tadbirda qatnaşayotgan Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, yangi model 30 avgustdan sotuvga çiqariladi. Narxi hozirça ma’lum emas. Biroq u Xitoyda işlab çiqariladigan modeldan biroz qimmatroq bölişi istisno qilinmayapti: Asakadan çiqqan Tracker-2023ning dvigateli kuçliroq böladi. Ilk bosqiçda LS, LT va Premier komplektatsiyalari sotuvga çiqariladi.
Tracker avtomobili bungaça faqat Xitoy va Braziliyada işlab çiqarilgan. Uning yangi avlodi Özbekiston bozoriga 2021 yil yanvarda Xitoydan kirib kelgan edi. Ötgan yil dekabrda Asakada bu modelning ilk test-tajriba varianti işlab çiqarilgandi.
UzAuto Motors seriyali işlab çiqara boşlagan ilk krossoveridan yiliga 80 ming dona çiqarmoqçi. 2022 yil oxirigaça 25 mingta Tracker-2023 işlab çiqarilişi reja qilingan.

Krossover GM tomonidan işlab çiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli, intellektual funksiyalari va xavfsizligi bilan ajralib turişi aytilmoqda.
L şaklidagi LED yoritgiçli kunduzgi çiroqlar va panoramali lyukka ega. Yangi uslubdagi qulay örindiqlar bilan jihozlangan.
Chevrolet Tracker-2023 texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
- 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 97 kW quvvatga ega zamonaviy uç silindrli CSS Prime turbomotor;
- 6 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi;
- aralaş siklda tejamkor yonilği sarfi 6,9 l/100 km, şahar taşqarisidagi yölda harakatlaniş – 5,6 l/100 km;
- xavfsizlikni ta’minlaş tizimi (past tezlikda avtomatik tormozlaş, körinişi çeklangan joylar monitoringi, faol favqulodda tormozlaş, oldinda turgan tösiqlar haqida ogohlantiruvçi signalizatsiya, yarimavtomat (parallel) töxtaş tizimi;
- haroratni avtomatik nazorat qiluvçi tizim (klimat kontrol);
- kruiz-kontrol;
- kalitsiz salonga kiriş va dvigatelni işga tuşiriş;
- çarm qoplamali rul;
- elektr mexanizmga ega haydovçi örindiği;
- eko-çarmdan örindiqlar qoplamalari;
- simsiz zaryadlaş qurilmasi;
- töliq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit çiroqlar va boşqalardan iborat.











