Joriy yilning sentabr oyidan Tracker-2, oktabr oyidan boşlab esa Chevrolet Onix avtomobillari uçun şartnomalar beriş boşlanadi. Bu haqdagi ma’lumotlarni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Tracker-2’ning narxi hozirça ma’lum emas. Biroq u Xitoyda işlab çiqariladigan modeldan biroz qimmatroq bölişi istisno qilinmayapti: Asakadan çiqqan Tracker-2’ning dvigateli kuçliroq böladi. Ilk bosqiçda LS, LT va Premier komplektatsiyalari sotuvga çiqariladi.

UzAuto Motors seriyali işlab çiqara boşlagan ilk krossoveridan yiliga 80 ming dona çiqarmoqçi. 2022 yil oxirigaça 25 mingta Tracker-2 işlab çiqarilişi reja qilingan. Dastlabki bosqiçda şartnoma olganlar öşa vaqtdayoq maşinaga ega bölişi mumkin böladi. 

Chevrolet Onix uçun şartnoma tuzganlar esa 2023 yilning dastlabki oylarida öz avtomobillariga ega bölişlari mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot uçun, 2021 yilning fevral oyida mahalliy iqlim şaroitlarida sinaş va salohiyatli xaridorlarning fikrini örganiş maqsadida Özbekistonga sinov uçun Chevrolet Onix’ning bir neça namunasi olib kelingandi.

Avvalroq, Özbekistonda Chevrolet Onix va Tracker işlab çiqariş uçun qariyb 428 mln dollar ajratilişi reja qilingani xabar qilingandi.