Inson qöli bilan yaratilgan sanoat manzaralari ham ayrim vaqtlarda kişida hayrat hissini uyğotişi mumkin. Amerikaning Yuta ştatidagi kaliy tuz koni bunga bir misol.

Bu kon Kolorado daryosi vodiysida joylaşgan bölib, undan 1965 yildan beri foydalanib kelinadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, bu yerda 2 milliard tonnaga yaqin kaliy rudasi bor. Şuning uçun zaxira 125 yillik faoliyat uçun yetadi. Uşbu makonda kaliy xloridi va boşqa mineral tuzlari sun'iy buğlantiruvçi köllar yordamida qazib olinadi. Kaliy tuzlarini bunday usulda qazib oliş – uzoq va mehnat talab qiladigan jarayon. Parmalangan quduqlarga kaliy tuzlarini eritiş uçun qaynoq suv haydaladi. Bunday usulda olingan eritma yuzaga çiqarilib, buğlanadigan köllarga quyiladi.


Tuzli köllarning maydoni 1,5 kv.km.ga yaqin va eritma tuproqqa singmasligining oldini oliş uçun ularga maxsus suv ötmaydigan material bilan işlov berilgan. Buğlaniş bosqiçiga qarab köllardagi eritmalar turli rangda böladi. Suv buğlanişini oşiriş va şu yöl bilan tuzni oliş jarayonini tezlaştiriş uçun qöşilgan maxsus böyoqlar sabab köl töq yaşil-kök rangga kiradi. Biroq ayrim hollarda köllar qizil va sariq tusga kiradi. Bu esa eritmada muayyan turdagi suv ötlarining mavjudligi bilan izohlanadi. Quş parvoz qiladigan balandlikdan buğlantiruvçi köllar juda çiroyli körinadi.


Ortiqça namlikni buğlantiriş jarayoni 9 oyga yaqin vaqt oladi. Undan söng qolgan mineral tuzlar yiğilib, keyingi qayta işlaş jarayonlariga yuboriladi. Kaliy tuzlari qişloq xöjaligida foydalaniladigan mineral öğitlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bundan taşqari, ular sanoatning boşqa sohalarida ham qöllaniladi.













