Özbekistonda Orol dengizini tiklaş uçun sun'iy yomğir yoğdiriş texnologiyasi işlab çiqildi.
Işlab çiqilgan tizim bulutlarni generatsiya qiliş va kimyoviy moddalarsiz sun'iy yomğir yoğdiriş imkonini beradi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, dengiz qayta tiklanişi uçun 5-7 yil kerak böladi.

«Biz 60-yillardagi suv miqdorini qaytaramiz, – dedi loyiha muallifi Olimjon Yusupov. – Dunyoda bunday texnologiyalar köp emas. Bizning texnologiyamiz ança zamonaviy, köçma, barçasi özimizda tayyorlanadi. Tizim atmosferaga töliq ta'sir qila oladi, eng asosiysi esa, Orolböyidagi muvozanatni tiklaydi».
Ana şunday bitta tajribaviy tizim tannarxi 800 mln söm deb baholanmoqda, bu xorijiy muqobil texnologiyalardan bir neça baravar arzondir. Orolni tiklaş uçun törtta ana şunday tizim kerak böladi.

«Texnik nuqtai nazardan barçasi tayyor. 2019 yil apreldan tajribaviy tizimni işga tuşiramiz. U Möynoq yaqinida joylaştiriladi. Sinov rejimida real körsatkiçlarni ölçaymiz. Bizni qoniqtiradigan natijaga erişgaç, tuproği namlikka muhtoj bölgan boşqa hududlar haqida boş qotiramiz», dedi Yusupov.
Uning sözlariga köra, mazkur texnologiya köplab maqsadlarda qöllanilişi mumkin. U nafaqat sun'iy bulut paydo qiliş, balki iqlimni tuz, zararli metallardan tozalaş imkonini beradi, havo namligini oşiradi. Aeroportlarda undan tumanni tarqatişda foydalaniş mumkin.
«Meni yomğirni boşqariş qiziqtirib qöydi. Bu orqali mikroiqlimni tiklaşimiz oson böladi. Hozir barçasini puxta hisob-kitob qiliş va oldimizda turgan masalalarni hal qiliş lozim. Zarur bölsa, olimlarni ham jalb etamiz», – dedi Özbekiston prezidenti huzuridagi xalqaro Orolböyi innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mirzamuratov.
Video: Youtube











