Argentinalik sudya Klaudio Bonadio pora beriş böyiça iş yuzasidan mamlakat prezidenti Maurisio Makrining otasi, tadbirkor Franko Makrini söroqqa çaqirtirdi. Todo Noticias telekanalining duşanba kuni xabar qilişiça, davlat rahbari akasi Janfranko Makri ham körsatmalar beriş uçun sudga borişi kerak.

Foto: REUTERS

Prezidentning qarindoşlari sobiq prezident Kristina Fernandes de Kirşner hukumati paytida davlatdan yöllar quriş uçun şartnomalar olgan Autopistas del Sol kompaniyasi faoliyati bilan boğliq savollarga javob berişlari kerak. Joriy yil may oyigaça Franko va Janfranko Makri uşbu firmada uluşga ega bölgan.

Autopistas del Sol sobiq amaldor Klaudio Ubertining körsatmalarida tilga olingan, u xususiy kompaniyalarga davlat şartnomalari berilişi uçun pora olişda öz aybini tan olganidan keyin tergov bilan kelişuvga erişgan.

Poralar yuzasidan iş böyiça tergov ötgan yil noyabr oyida, rejalaştiriş vaziri örinbosari Roberto Barrataning haydovçisi sobiq rafiqasi politsiyaga eri pul töla sumkalarni taşiyotganini körgani haqida aytganidan söng boşlandi. Ayblov versiyasiga köra, bu pullar quriliş va energetika kompaniyalaridan pora hisoblanadi. Haydovçining uyidagi tintuvlar davomida u öz harakatlarini batafsil tasvirlab bergan daftarlar topildi.