Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida MJTKga kiritiladigan tuzatişlar loyihasi taqdim etilgan: auditorlarning mas'uliyat doirasi kengaytirilmoqda, xöjalik yurituvçi sub'yektning majburiy auditorlik tekşiruvidan boş tortganligi uçun jarima soliş tartibi özgartirilmoqda, deb yozadi Norma.
Eslatib ötamiz, prezidentning 19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qarori bilan auditorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari qabul qilindi. Xususan, auditorlik tekşiruvlarini ötkazişga doir yangi talablar belgilandi, 2020 yil 1 yanvardan majburiy tekşiruvdan ötişi lozim bölgan taşkilotlar soni ortadigan böldi.
Şu munosabat bilan «Auditorlik faoliyati töğrisida»gi Qonunning yangi tahriri loyihasi, şuningdek MJTKga kiritiladigan bir qator özgartiriş va qöşimçalar işlab çiqildi.
Birinçidan, xöjalik yurituvçi sub'yektning majburiy auditorlik tekşiruvini ötkazişdan boş tortganligi (MJTKning 179-1-moddasi) uçun jarima miqdorini salmoqli darajada – 70 EKIHgaça (hozir – 5 EKIHdan 10 EKIHgaça) oşiriş rejalaştirilmoqda. Jarimani bevosita xöjalik yurituvçi sub'yektning rahbariga soliş taklif qilinmoqda. Ayni paytda uşbu moddada sub'yekt aniq körsatilmagan va «mansabdor şaxslar» (ya'ni ehtimoliy mas'ul şaxslar doirasi ança keng bölib, masalan, boş buxgalterni öz içiga oladi) deb belgilangan.
Ikkinçidan, MJTKning 179-moddasiga özgartirişlar kiritilmoqda. Auditorlar sodir etgan, ma'muriy javobgarlikka tortilişiga olib kelişi mumkin bölgan huquqbuzarliklar röyxati töldirilmoqda. Unga quyidagilarni ham kiritiş taklif qilinmoqda:
• auditorning öz vakolatlaridan auditorlik faoliyati prinsiplariga zid ravişda foydalanişi;
• har yili malaka oşirişdan ötmaganligi;
• auditorning malaka sertifikatini öz vaqtida qayta rasmiylaştirmaganligi;
• amal qilişi tugatilgan malaka sertifikatini yöq qiliş uçun maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etmaganligi.
Uşbu modda böyiça jarima miqdorlari oşirilişi ham kutilmoqda: hozir ular 10 EKIHdan 15 EKIHgaça miqdorni taşkil etadi, loyiha tasdiqlangan taqdirda esa 20 EKIHgaça oşiriladi.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.












