Köpriklar doimo özining betakror gözalligi, salobati hamda eng kuçli muhandislik loyihalarini amalga oşiriş imkonini bergan texnik imkoniyatlari bilan kişiga zavq beradi. Bu inşootlar nafaqat amaliy vazifalarni bajaradi, balki estetik ruh ham baxş etadi. Har bir köprik öziça ğaroyib, biri konstruksiyasi, yana biri şakli, boşqasi esa uluğvorligi bilan kişini hayratga soladi. Aytgança, sönggi uçinçi jihat esa ölçami böyiça rekord örnatiş imkonini berib, doimiy ravişda özgarib bormoqda.

Xitoyning köprik quriliş böyiça olib borayotgan işlari butun dunyoni hayratga solyapti. U köpriklarning uzunligi böyiça eng yuqori örinlardan joy egallamoqda. Öntalikni uzunligi 35,7 ming metr bölgan Ran Young köprigi oçib beradi. U 2007 yilda Yantszi daryosi qirğoqlarini bir-biri bilan boğlaş maqsadida qurilgan bölib, daryoda qurilgan eng uzun köprik sanaladi.

Hangjou körfazi va Tsyangtang daryosi orqali çiroyli köprik barpo etilgan. U murakkab suv oqimi böylab ötadi. Uni quriş uçun eng aniq hisob-kitob va ilğor muhandislik texnologiyalaridan foydalanilgan. Köprikning uzunligi — 35 ming 670 m.

Avvalgisidan 142 metrga uzunroq bu köprik bir yil keyin barpo etilgan. Uzunligi 35,8 ming metrlik osma köprik Pekindan Tyantszingga olib boruvçi temir yöllarning bir qismi hisoblanadi.

Röyxatimizga AQŞda qurilgan köpriklar qöşilmoqda. Mana yarim asrki, Luizianada Manchac Swamp köprigi faoliyat yuritmoqda. Qurilmaning uzunligi 36 ming metrdan biroz oşadi.

Ponçartreyn köli qirğoqlarini birlaştiruvçi Ponçartreyn köprigi 900 tadan ortiq ustunlar ustiga örnatilgan. U Mandevil şahridan Metayrigaça çözilgan uzunligi 38,4 km bölgan ikkita yölakdan iborat.