Tarixdan ma'lumki, har bir davlat öz fuqarolarining huquq va majburiyatlarini aks ettiruvçi köplab qonunlar qabul qilgan, yildan-yilga, asrdan-asrga bu hujjatlar töldirilib, takomillaştirib borilgan. Aynan mana şu qonunlar garçi qator kamçiliklari bilan bölsa-da, umumiy qoidalarni belgilaşda muhim omil bölgan.

Har qanday qonunlarning asl mohiyati insonlarning manfaatlari uçun xizmat qilişi zarurligi hisobga olinsa, bundan roppa-rosa 70 yil muqaddam, 1948 yilning 10 dekabrida qabul qilingan «Inson huquqlari böyiça umumjahon deklaratsiyasi»ning başariyat tarixida naqadar muhim hujjat ekani ayon böladi.

Ibtido

Nyu-York yaqinidagi Leyk-Sakses şaharçasida Eleonora Ruzvelt raisligidagi yiğiliş
Foto: BMT

1945 yil. Odamzod Ikkinçi jahon uruşidan qutulib, özining xunrezliklaridan dahşatga tuşib turgan bir paytda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tuzildi. BMT özining boş vazifalaridan biri sifatida jahondagi inson huquqlarini ta'minlaş deya belgilab oldi.

Ezgu maqsadni közlagan BMT tomonidan bu masala yuzasidan maxsus komissiya tuzildi va 1947 yilning 27 yanvaridan boşlab 10 fevraliga qadar Leyk-Sakses şaharçasida Eleonora Ruzvelt boşçiligidagi bu komissiya «Inson huquqlari böyiça umumjahon deklaratsiyasi»ning dastlabki qoralama hujjat ustida işladilar.

Komissiya tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Kuba, Misr, Hindiston, Eron, Liviya, Panama, SSSR, AQŞ, Urugvay, Filippin, Fransiya, Çili, Yugoslaviya kabi davlatlar vakillari kiritilgandi.

Huquqlar töqnaşuvi

Inson huquqlarini özida aks ettirgan umumiy hujjat yaratiş lozimligini hamma tuşunar, ammo bu oson masala emasdi. Sababi har bir davlatning öz qonunlari, huquqlar böyiça öz tuşunçalari bölib, qaysidir davlat fuqarosi uçun oddiy tuyilgan huquq (masalan köpxotinlilik) boşqa bir davlat fuqarosining tasavvuriga ham siğmasdi. Komissiyaning ilk yiğilişidayoq tomonlar bahslarga kirişib ketişdi va bu şaklda işlaş samara bermasligi ayon bölib qoldi. Şundan söng, komissiya a'zolari uç guruhga bölindi va har bir guruh öz loyihasini tayyorlaşga kirişdi. Yakunda har bir guruhning eng ilğor takliflari umumiy loyihaga kiritilişi, umumiy loyihani esa komissiyaning kelgusi yiğilişida körib çiqiş belgilandi.