Instagram butun dunyo böylab yangi funksiyani işga tuşira boşladi: ovozli xabarlar bilan almaşiş. Bu haqda TechCrunch yozmoqda.

Xabarni yoziş uçun mikrofonni bosiş kerak, ovozli xabarning maksimal vaqti esa bir daqiqani taşkil etadi. Yozuvlarni bir neça marta eşitiş mumkin, ular xabarlar tarixidan öçib ketmaydi.
Ovozli yozuvni iOS va Android ilovalari orqali şaxsiy hamda guruh çatlarida yuboriş imkoniyati bor. Instagram yangi funksiya yordamida Viber, Telegram, Facebook Messenger va WhatsApp messenjerlari bilan raqobatlaşa oladi.











