Kamin uyga şinamlik va qulaylik beradi. Qişning sovuq kunlarini kaminning röparasida ötkazgingiz keladi.

Uy va xonadonlarda tez-tez kamindan foydalaniladi. Turli qiziqarli variantlardan iborat töplamni e'tiboringizga havola etamiz.

Havoda uçadigan kamin
Xonadonda har doim ham klassik kaminni örnatib bölmaydi. Şuning uçun zamonaviy dizaynerlar bioyoqilğida işlaydigan avtomatik modellardan foydalanişmoqda. Ularni smartfon orqali boşqariş mumkin. Bugungi kunda platforma modeli urfda. U şişa plastinalar örtasida mahkamlanadi. Agar kamin keçki payt öçirib qöyilsa, u yer ustida parvoz qilayotgandek tuyuladi.

Mozaikali kamin
Kaminni bezatişning juda original usuli. Mozaikalar körinişidagi portal har qanday interer uçun a'lo darajada mos keladi.

«Quti»dagi kamin
Bunday kamin art-deko uslubidagi interer uçun mos keladi. Kub haykali körinişidagi haykal juda betakror körinadi.

Truba-kamin
Bu xususiy uy uçun mos keladigan köriniş. U haqiqiy ötinlar bilan isitiladi, şuning uçun unda möri va ötin yoqiş uçun eşikli bölma mavjud. U olovga çidamli bölgan şişadan işlangan. Kamin minimalizm uslubida yasalgan va ixçam hajmga ega.

Geometrik kamin
Bunday variant şahar taşqarisidagi uylar intereri uçun yaxşi mos keladi. Osilib turuvçi model geometrik şakllarning qiziqarli birlaşmasidir.











