Gözal soçlar har bir ayolning faxri! Afsuski, vaqt ötgan sari soçlar sekin-asta noziklaşib, kamayib boraveradi. Soç tökilişining oldini oliş uçun qilgan harakatlaringiz besamar bölsa, buning sababini boşqa joydan qidiring. Çunki soçlar ham xuddi özimiz kabi u yoki bu kasallikka çalinişi mumkin.

Sanang!
Soç tolalarining kuniga 60 100 dona tökilişi normal holat. Ya'ni, bunda soç tolalari yangilanadi. Ammo bundan köp tökilsa, demak, soçlaringizni davolaş, oziqlantiriş, tiklaşga şoşiling!
Nega tökiladi?
Asosiy sabablar:
- organizmdagi gormonal buziliş;
- stress;
- vitamin yetişmovçiligi;
- taşqi ta'sirlar.

Jiddiy xavf – soç tökilişi gormonal buziliş yo kasallik alomati yoki asorati bölişi mumkin. Bunday holatlarda kosmetik vositalar yordam bermaydi. Buning sababi androgen alopetsiya kasalligi bölişi ehtimoli bor, u erkaklik gormoni — testosteron köpayib ketişi oqibatida yuzaga keladi. Bu jarayonni töxtatiş uçun endokrinolog-şifokor körigidan ötib, kerakli muolajalarni qiliş lozim. Özbilarmonlik bilan davolaniş esa nafaqat soçlaringizga, balki butun organizmingiz salomatligiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Soçlaringiz uzoq vaqt davomida va köp tökilayotgan bölsa, eng avvalo qalqonsimon va oşqozon osti bezlarini tekşirtiring.
Stress köp holatlarda soç tökilişiga olib keladi. Qança köp asabiylaşsangiz, soç tökilişi şunça faollaşaveradi. Bu jarayonni töxtatiş uçun avvalo tinçlaning va ortiqça asabiylaşmaslikni örganing.
Gormonal özgarişlar. Ayol organizmida homiladorlik va emiziş davrida turli gormonal özgarişlar röy beradi. Masalan, tuğruqdan 8-12 hafta keyin ayolda faol ravişda soç tökilişini kuzatiş mumkin. Uning gormonal holati öz örniga tuşgaç, soç tökilişi kamayadi, ammo bu holatda ham soç oziqlantirib turilmasa, noziklaşib, kamayib ketişi mumkin. Buning oldini oliş uçun ayollar albatta vitamin komplekslarini qabul qiliş bilan birga soçlarni oziqlantiruvçi niqoblardan foydalanişlari lozim.














