Rossiya va AQŞ prezidenti Vladimir Putin va Donald Tramp AQŞning Time jurnali talqiniga köra “2018 yil odami” unvoniga asosiy da'vogarlar röyxatiga kiritildi. 

2017 yilda Time jurnali jinsiy tegajoğliklar haqida birinçi bölib sözlagan ayollarni (Silence Breakers) «yil odami» sifatida e'tirof etgandi.

Putin uşbu unvonga 2007 yilda, Tramp esa 2016 yilda loyiq topilgandi.

Hammasi bölib yakuniy röyxatga 10 da'vogar kiritilgan. Ular orasida Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In, Trampning Rossiya bilan aloqalari haqidagi taxminlarni tergov qilayotgan Robert Myuller, Istanbulda öldirilgan jurnalist Jamol Qoşiqçi, Britaniya şahzodasi Garrining rafiqasi, amerikalik aktrisa Megan Markl, jinsiy zöravonlikni boşdan keçirganlar timsoliga aylangan olima Kristin Blasi Ford, "Qora pantera" filmi rejissyori Rayan Kugler bor.   

Bundan taşqari, uşbu unvonni «ayirilgan oilalar» (Separated Families) – AQŞ rahbariyati tomonidan noqonuniy muhojirlarga nisbatan e'lon qilgan «nol toqatlik» siyosati doirasida bir-biridan ayirilgan ota-onalar va farzandlarning umumlaşma obrazi olişi mumkin.

Bu siyosat doirasida AQŞ-Meksika çegarasini ötiş vaqtida uşlangan muhojirlar oilalari bir-biridan ajratilib, ota-onalar izolyatorlarga, farzandlar esa maxsus markazlarga jönatilgan. Keyinroq Tramp bu siyosatni töxtatuvçi farmonni imzolagandi. 

Time jurnali 1927 yildan boşlab har yil uşbu unvonni berib keladi. 50-yillargaça bu unvon insonlarga berib kelingan, keyinroq esa mavhum personajlarga ham berila boşlangan.