Yorqin Erkinoviç Saidakbarov Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi akkreditatsiya markaziga direktor etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. U bunga qadar Toşkentdagi xalqaro “Ernst Young Valuation” kompaniyasining boş direktori lavozimida işlab kelgan.

Yorqin Erkinoviç Toşkent moliya instituti va Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan. U investitsiyalar, investitsion loyihalar samaradorligining kompleks tahlilini ötkaziş va loyihalarning moliyaviy modellarini işlab çiqiş sohasida, byudjyetlaştiriş tizimini işlab çiqiş, byudjyet ijrosining monitoringi va nazorati, yirik işlab çiqariş taşkilotlarni va xizmat körsatiş hamda moliya kompaniyalarni baholaş sohalarida 20 yillik tajribaga ega.

Yorqin Saidakbarov “ANT “Mintaqaviy siyosat instituti” (Moskva), “BMI consulting” kompaniyasi (Toşkent), “AMATI” MÇJ (Toşkent), Aktsiyadorlik tijorat “Asaka” bankida (Toşkent) rahbarlik lavozimlarida hamda “Yevroosiyo rivojlaniş banki”da (Olma-ota) işlagan. 

“Bizning markazimizga xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş, muvofiqlikni baholaş sohasida yangi yondaşuvlarni keng yoritiş va tasdiqlangan standartlarga qat'iy rioya qilinişini ta'minlaş zarur, – deydi Yorqin Saidakbarov.

Eslatib ötamiz, Akkreditatsiya markazi Özbekiston prezidentining “Muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan 2018 yil mart oyida taşkil etilgan.

Markazga “Özstandart” agentligi huzuridagi “Muvofiqlikni baholaş, sinov va kalibrovka laboratoriyalariga doir akkreditatsiyalaş va inspektsion nazorat böyiça standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş markazi”ning vakolatlari berildi.