Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş sifatini yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan “Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi” DUKning qöşimça vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
“Elektron hukumat” tizimini va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş doirasida loyihalarning amalga oşirilişini muvofiqlaştiriş;
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boşqa istiqbolli texnologiyalarni, şuningdek, katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta işlaş texnologiyalarini joriy etişning konseptual va uslubiy asosini şakllantiriş;
jahon standartlari talablariga muvofiq “Elektron hukumat” tizimining rivojlaniş darajasini tavsiflovçi statistik ma'lumotlarni töplaş, qayta işlaş va hisobga oliş tizimini yuritiş;
tadqiqotlar ötkaziş va iqtisodiyot tarmoqlarini axborotlaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etişning yagona texnologik siyosatini ta'minlaş;
“Elektron hukumat” tizimining infratuzilmasini, Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va davlat xizmatlari körsatilganligi uçun tölangan davlat bojlari va yigimlar summasi hisobini yurituvçi Yagona billing tizimini, şu jumladan davlat- xususiy şeriklik şartlari asosida yanada rivojlantirişni ta'minlaş;
loyihalarni amalga oşirişni moliyalaştirişga yönaltiriladigan Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari, beğaraz texnik kömaklaşiş mablağlari (grantlar), xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari imtiyozli kreditlarining samarali işlatilişi ustidan monitoring olib borişda vakolatli organlarga kömaklaşiş.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
Markaz faoliyati davlat va xöjalik boşqaruvi organlariga, ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarga, şuningdek, Özbekiston Respublikasining rivojlaniş davlat dasturlari doirasida amalga oşirilayotgan barça loyihalarga tatbiq etiladi. Bunda boşqa loyihalar taşabbuskorlari (buyurtmaçilar) şartnoma asosida texnik topşiriq yoki tender hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş uçun mustaqil ravişda Markazga murojaat qilişlari mumkin;











