Respublika biznes va boşqaruv Oliy maktabi qoşida falsafa doktori (Doctor of Philosophy – PhD) va fan doktorlari (Doctor of Science – DSc) – «Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya» mutaxassisligi böyiça ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş instituti oçiladi.

Loyiha boşqaruvi milliy agentligi xabariga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yil 30 avgustdagi qarori bilan pasport, ilmiy Kengaş tarkibi va Kengaşning ilmiy seminari tasdiqlandi.

Ilmiy kengaş tarkibiga AQŞ, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston, Massaçusets texnologiya instituti, Stenford universiteti, Hauzxong fan va texnologiyalar universiteti, Amaliy axborot texnologiyalari instituti kabi yetakçi universitet va ilmiy markazlar olimlari kirib, ular ilmiy kengaş yiğilişlarida bevosita onlayn tarzda iştirok etadilar.

«Raqamli iqtisod va xalqaro raqamli integratsiya» yangi mutaxassisligi pasporti raqamli iqtisodiyot bilan boğliq fan va amaliyotning deyarli barça yönalişlari va sohalarini öz içiga olgan mutaxassislik va tadqiqot sohasi formulasidan iborat bölib, ularning töliq mazmuni bilan Oliy maktabning rasmiy veb-saytida tanişiş mumkin böladi.

Şu tariqa, Oliy maktab respublika va xorijiy mamlakatlarning ehtiyojlarini qondiriş uçun zarur bölgan raqamli iqtisodiyot sohasida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaşning xalqaro muassasasiga aylanmoqda.

Uşbu mutaxassislik böyiça oliy öquv yurtidan keyingi ta'lim oliş uçun hujjatlarni qabul qiliş joriy yilning 15 sentabr kuni boşlanadi.