Qadimgi Xitoyda mandarinlar baxt, boylik va uzoq umr köriş ramzi hisoblangan. Aynan şuning uçun ham mehmonga borayotib xitoyliklar mezbonlarga ana şu mevadan olib borişgan. Mezbonlar ham öz navbatida mehmonlarni uyga kuzata turib ularga mandarinlar tortiq qilişgan.

«Mandarin» sözi xitoy tilidan tarjima qilinganida «boyvaçça» ma'nosini anglatadi degan taxmin bor. Aynan Xitoy mandarin vatani sanaladi. Asta-sekin u Osiyoning boşqa mamlakatlari (Hindiston, Yaponiya)da yetiştirila boşlagan. Mandarin doim yaşil körinişdagi daraxt. Mevalari 6 oydan 8 oygaça pişadi. Bitta daraxtdan örtaça 600 donaga yaqin meva terib olinadi. Biroq uzoq umr köradigan rekordçilar ham bor. Ularda 5000 donagaça meva yetiladi.
Mayo ilmiy markazi olimlari mandarinlar kayfiyatni kötarişini aniqlaşgan. Ularning hidi xavotir va zöriqişlardan xalos etib, odamga optimistik ruh beradi. Mandarinlar tarkibida nitratlar yöq. Bu ularning mevasida limon kislotasi köpligi bilan boğliq. U esa öz navbatida öz xususiyatlari bilan zararli ta'sirlarni neytrallaştiradi.

Mandarinlarning butun dunyoda maşhurligiga qaramay mandarin şarbatini sotuvda körişning iloji yöq. Buni termik qayta işlovda uning barça foydali xususiyatlari yöqolişi bilan izohlaş mumkin. Bundan taşqari, mandarindan köp şarbat çiqmaydi. Uni meva holida sotiş ança foydali. Mandarin şarbatining ta'mi ham öziga xos bölib, barçaga birdek yoqavermaydi.











