«Barselona» himoyaçisi Jyerar Pike Ispaniyaning «Andorra» klubini sotib oldi. Bu haqda mahalliy matbuotga asoslangan holda AS xabar bermoqda.

Manbaga köra, Pike xaridni öziga tegişli «Kosmos» kompaniyasi orqali amalga oşirgan. Uning maqsadi klubni rivojlantiriş va uni yuqori divizionlarga olib çiqişdir.

«Andorra» hozirda beşinçi divizion vakili sanaladi. Klub 1942 yilda taşkil etilgan, 1980-1998 yillarda uçinçi ligada qatnaşgan.

Avvalroq Pike nafaqat klub sotib oliş, balki yangi turnirga ham asos soliş niyatida ekanini tasdiqlagan edi.

«Biz ikkita loyiha ustida işlayapmiz. Ulardan biri – klub sotib oliş. Ikkinçisi esa yangi musobaqa yaratiş yoki hozir mavjud turnirlardan birini isloh etiş. Boşqa heç narsa deya olmayman. Bular juda yaxşi loyihalar bölişiga işonçim komil», - degan edi himoyaçi.

Ma'lumot uçun, Jyerarning «Kosmos»i bunga qadar tennis böyiça Devis Kubogini isloh etiş taşabbuskori va jarayon homiysi bölgan.