Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 avgustdagi «Özbekiston Respublikasida şaxmatni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori bilan yurtimizda uşbu sport turini yanada ommalaştiriş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan işlar belgilab berilgan edi.
Mazkur qarorga asosan, respublikaning turli hududlaridagi 150ta umumiy örta ta'lim maktabining öquvçilarini tajriba tariqasida şaxmatga öqitiş yölga qöyildi.
Jismoniy tarbiya va sport, Xalq ta'limi vazirliklari hamda Özbekiston şaxmat federatsiyasi tomonidan respublikadagi barça umumiy örta ta'lim maktablarida şaxmatga öqitişni bosqiçma-bosqiç qamrab oliş, yuqori malakali murabbiy kadrlarni tayyorlaş, şaxmat klublari va umumiy örta ta'lim maktablari şaxmat sinflarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş böyiça rejali işlar amalga oşirilmoqda.
«Umumta'lim maktablari öquvçilarini şaxmatga yanada qiziqtiriş, ularga şart-şaroit yaratiş maqsadida umumta'lim maktablarida şaxmat xonalari taşkil etilmoqda. Şunday xonalardan biri Navoiy viloyati Zarafşon şahridagi 13-davlat ixtisoslaştirilgan umumta'lim maktabida taşkil qilindi. Uşbu muassasada bugungi kunda 2400 nafardan ortiq öquvçi tahsil olayotgan bölib, ulardan 50 nafardan ortiği şaxmat sport klubiga jalb qilingan.
Umumta'lim maktablarida bunday xonalarning taşkil etilişi ham yoşlarimiz orasida şaxmat ixlosmandlari sonining yanada ortişiga xizmat qiladi», deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, noyabr-dekabr oylarida 16 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida ötkazilgan Butunjahon şaxmat olimpiadasida Özbekiston terma jamoasi ğalabaga erişgandi. Bu Özbekiston tarixida şaxmatçilar jamoasi ilk marta Olimpiada ğolibi bölişi edi.












