2018 yil 24 noyabr - 3 dekabr kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasida dunyoning 39 mamlakatidan 222 nafar sportchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Olimpiada yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.


Musobaqada O‘zbekiston sharafini terma jamoaninng quyidagi a'zolari munosib himoya qildilar:
1) xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2004 y.t. Toshkent sh.);
2) xalqaro toifadagi sport ustasi Nodirbek Yoqubboyev (2002 y.t., Xorazm v);
3) xalqaro toifadagi sport ustasi Javohir Sindorov (2005 y.t. Toshkent);
4) xalqaro toifadagi sport ustasi Shamsiddin Vohidov (2002 y.t. Toshkent);
5) sport ustaligiga nomzod Sitora Saparova (2002 y.t. Navoiy v.);
6) terma jamoa rahbari va murabbiyi - xalqaro grossmeyster Saidali Yo‘ldoshev (1968 y.t., Toshkent v.).













