Ukraina Şakar işlab çiqaruvçilar milliy assotsiatsiyasi ma'lumotiga köra, ayni paytda Özbekistonga yuborilgan şakar va yuklar tuşirib olinmayapti hamda bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilmayapti.

Bunday holat Ukrainadan yuklar qabul qilib olişga qöyilgan taqiq bilan boğliq, deyiladi assotsiatsiya xabarida:

«Bunday tösatdan töxtab qoliş ilgari tuzilgan şartnomalar şartlari bajarilmasligiga olib kelmoqda. Özbekiston sönggi olti oy davomida Ukraina şakarining asosiy importçisi bölgani hisobga olinsa, asosiy bozorni yöqotyapmiz, deyişimiz mumkin», - deya izoh berdi assotsiatsiya tahliliy bölimi rahbari Ruslana Butilo.

Xabar qilinişiça, «Ukrtsukor» korxonasi Ukraina Agrar va oziq-ovqat siyosati vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligiga Özbekistonga keltirilgan Ukraina mahsulotlari töxtatib qolinayotgani böyiça vaziyatni aniqlaştiriş hamda hal qilişni sörab murojaat qilgan.

Özbekiston yil boşidan beri Ukraina şakarining asosiy xaridoridir. 2017-2018 yillarda Ukraina taşqi bozorga 560,4 ming tonna şakar yetkazib berdi, Özbekiston hissasiga 79,1 mln dollarlik 209,9 ming tonna töğri keldi. Avgust oyida Özbekiston Ukraina eksport şakarining deyarli barça hajmini - 89 foizini sotib oldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston bojxonaçilari Ukrainaning 4,8 mln dollarlik farmatsevtika mahsulotini uşlab turgani xabar berilgandi. 

Bizga Ukraina bilan savdo uruşi kerakmi?