Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boşqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident farmoni (PF-5594, 12.12.18 y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Yer qa'rini geologik örganiş, sanoatda, konçilikda va kommunal-maişiy sektorda işlarning bexatar olib borilişini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi negizida Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi va uning hududiy boşqarmalari taşkil etildi.

Qömita Hukumatning Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

Farmonga muvofiq: 

radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, istirohat boğlari attraksionlarini ekspluatatsiya qilişga oid qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan davlat nazorati va tekşiruvini amalga oşiriş;

atom energiyasidan foydalaniş sohasini litsenziyalaş qömitaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Qömita Rahbarlari xodimlarni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş töğrisida iltimosnoma kiritişi mumkin bölgan davlat organlari va boşqa davlat taşkilotlari röyxatiga kiritildi.