Interpol Hindistondan qoçib ketgan milliarder Mexul Çoksini hibsga oliş töğrisida order berdi. U Panjob milliy bankidan firibgarlik yöli bilan 2 milliard dollardan ortiq pulni özlaştirganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda The Times of India gazetasi xabar qildi.

Mexul Çoksi va uning jiyani Nirav Modi Hindiston markaziy qidiruv byurosi tomonidan qidiruvga berilgan.

Hindiston tarixidagi bu eng yirik firibgarlik işi haqida 2017 yil oxirida ma'lum bölgandi. Şu yilning yanvarida Çoksi yaqin qarindoşlari bilan Hindistondan çiqib ketgan. Ularning qayerda ekanliklari noma'lum.