Kamçatka falokatlar tibbiyoti markazi şifokori Petropavlovsk-Kamçatskiy – Moskva reysi böyiça parvoz qilayotgan samolyot bortida özbekistonlik ayolning hayotini qutqarib qoldi.
Voqea 10 dekabrda yuz bergan. Şifokor Aleksey Prosin Moskvaga xizmat safari bilan uçayotgan bölgan. U federal tibbiy markazlardan birida davolangan bolani Kamçatkaga kuzatib borişi kerak bölgan.
“Samolyot Yoqutiston ustidan ötayotganda ayol yölovçilardan biri özini yomon his qila boşlagan. Keyinroq aniqlanişiça, özbekistonlik ayolga Kamçatka şifoxonalaridan birida ötkir kasallik taşxisi qöyilgan. Unga zudlik bilan şifoxonaga yotiş tavsiya qilingan, biroq ayol bu tavsiyalarga amal qilmay, Toşkentga qaytayotgan bölgan”, deyilgan xabarda.
Samolyotda ayolning kasalligi zörayib ketgan. Şifokor ayolga yordam körsata boşlagan, samolyot esa favqulodda qöniş uçun yaqin oradagi aerodromga yönaliş olgan. Şifokor ayolga oğriqsizlantiruvçi dori-darmon berib, samolyot Mirniy şahrida qönib, ayol tez yordam brigadasiga topşirilmagunça 1,5 soat davomida uning hayotiy körsatkiçlarini qöllab-quvvatlab turgan.












