Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Leyboristlar yetakchisi Mey hukumatidagi «xaos» haqida ma'lum qildi
Muxolif leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbinning The Guardian’ga intervyuda ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Meyga ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish Britaniya fuqarolarining hayotiga ta'sir qilmaydi. Korbinning fikricha, Mey nafaqat Britaniya parlamentidagi ko‘pchilikni yo‘qotdi, balki o‘z hukumatini «xaos»ga olib keldi.
«U [Mey] Brexit jarayonini mamlakat manfaatlariga mos keladigan, birinchi navbatda, mehnat bozori va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydigan sharoitlarda amalga oshirishga qodir emas», - deya xulosa qildi Korbin.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berishda 83ta ovozdan iborat ustunlik shundan dalolat beradiki, Mey konservativ partiya ustidan nazoratni to‘liq yo‘qotgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada konservatorlar Meyga ishonchsizlik votumi uchun yetarli bo‘lgan murojaat bilan chiqishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026