Röyi zaminda bir nikoh buzilganda Arşi a'lo larzaga keladi...
Sudga ajrim uçun ariza topşirayotgan er-xotin tanlagan qarori ham öziga, ham jamiyatga, ayniqsa, uning safiga endi qöşilgan kiçik yoşdagi farzandining taqdiriga salbiy ta'sir qilişini anglaydi. Ammo anglaş boşqa, natija esa amalda boşqaça tus olmoqda.
Oilaviy ajrimlar masalasi bugun yo keçaning gapi emas. Bu borada yozilmagan gap, uni bosib çiqarmagan gazeta, mavzu yangramagan körsatuv qolmadi, hisob. Mutasaddilardan sörasangiz, “loyihalar amalga oşirilyapti, yaraştiriş komissiyalari işlayapti”dan nariga ötişmaydi. Lekin murğak qalbning tirik yetim bölişi zamonaviy jamiyatda odatiy holga aylanib bormoqda.
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Kun.uzʼga taqdim etgan ma'lumotiga köra, 2018 yil aprel–sentabr oylarida 18.521 nafar ajraşiş arafasida turgan oilalarda turmuşning buzilişiga sabab sifatida quyidagi omillar körsatilgan:
- 48,4 foiz — er-xotin örtasidagi maişiy kelişmovçiliklar;
- 17,4 foiz — qaynona, qaynota yoki uçinçi şaxs, umuman boşqalarning oila işiga aralaşuvi;
- 5,3 foiz — bepuştlik;
- 6,3 foiz — moddiy yetişmovçiliklar, turmuş örtoğining işsizligi va iqtisodiy muammolar;
- 5,5 foiz — içkilikbozlik va boşqa zararli odatlar oqibati;
- 3,5 foiz — içki va taşqi migratsiya;
- 11,3 foiz — boşqa turli sabablar.
Ijtimoiy tarmoqda “Oilaviy ajrimlarga asosiy sabab nima deb öylaysiz?” savoli bilan ötkazilgan kiçik sörovnomada ham tarmoqning aksariyat foydalanuvçilari urf-odatlar, qaynonaning kelinga soliq solişi, kuyovning esa kelin tomondan mulk ta'ma qilişi, kelinlarning ota uyiga “gap taşişi”, telefon va ijtimoiy tarmoqlar, yoşlarning na fikrlaş, na pul topiş borasida mustaqil emasligi, yigitlarning öz sözini ötkazişga harakat qilişi, qizlarning esa “xöp”dan yiroqligi, diniy bilimdan bexabarlik, özaro hurmat tuşunçasining yöqolişi, besabrlik, aybini tan olmaslik kabilarni sanab ötişdi.
Tahlillar şuni körsatmoqdaki, ajraşiş arafasida turgan, ajrim qayd etilgan oilalarning muammolari bir-biriga öxşamaydi. Ammo har biri öz yeçimiga ega, ajrimga qadar oilani saqlab qolişning imkoniyati ança yuqori bölgan.












