Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi munosabatlarning yangi davri boşlangan hozirgi vaqtda Çingiz Aytmatovning ölmas badiiy merosi xalqlarimiz uçun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda Çingiz Aytmatov nomini bilmagan, kitoblari javonlaridan joy olmagan özbek xonadoni kam. Atoqli qirğiz adibining asarlari nafaqat qirğiz, balki özbek xalqi uçun ham birdek qadrdon. 

2018 yilning 2 aprel kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatovning 90 yilligini nişonlaş töğrisidagi» qarorni imzolagan edi.

Uşbu qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida bugun, 12 dekabr kuni erta tongdan Toşkent şahrining Yunusobod tumanida adib Çingiz Aytmatov barelefining (tekis yuzaga işlangan börtma asar) oçiliş marosimi bölib ötdi.

Tadbirda adabiyotşunos olimlar, siyosat arboblari, adabiyot ixlosmandlari, san'at namoyandalari hamda talaba-yoşlar iştirok etişdi.

Tadbirda söz olganlar özbek va qirğiz xalqlarining yaxşi qöşniçilik aloqalari, adib hayoti va ijodi, asarlari hamda adibning ikki mamlakat adabiyotida tutgan örni haqida gapirib ötişdi.

Çingiz Aytmatov asarlaridagi qahramonlar siymosi va ularning ahamiyati haqida ham söz bordi.