09:12 / 13.12.2018
8786

Ukrainalik Aleksandr Usik yil bokschisi deb tan olindi

Foto: Getty Images

Birinchi og‘ir vazndagi mutlaq jahon chempioni, ukrainalik bokschi Aleksandr Usik AQShning Sports Illustrated nashri talqiniga ko‘ra 2018 yilning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi. 

U oxirgi 12 oy ichida Mayris Briyedis, Murat Gassiyev va Toni Belyuga qarshi ringga ko‘taralib, ular ustidan g‘alaba qozongan.

31 yoshli bokschi bir yil ichida WBC, WBO, WBA, IBF kamarlarini o‘zida birlashtira olib, World Boxing Super Series g‘olibi bo‘lish hamda The Ring nashri kamariga sazovor bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top