Ukrainalik boksçi Aleksandr Usik Polşaning Krakov aeroportida uşlanganidan söng qöyib yuborildi. Bu haqda 17 sentabr, seşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Menga hammasi joyida, çempionimiz qöyib yuborilgani va uni endi heç kim qölga olmasligini aytişdi», dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari qölga olinganidan keyin Usik bilan gaplaşganini ta’kidladi: «Fuqaromiz va çempionimizga nisbatan bunday munosabat meni ğazablantirdi».
Davlat rahbari hodisa sabablarini aytmadi. «Men Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga va Ukraina içki işlar vaziri Igor Klimenkoga voqeaning barça tafsilotlarini zudlik bilan aniqlaştirişni topşirdim», — deya qöşimça qildi Zelenskiy.
«Öylaymanki, u tafsilotlarni özi e’lon qiladi»
Ukraina Oliy radasining Yoşlar va sport masalalari qömitasi raisining birinçi örinbosari Jan Belenyuk avvalroq qölga oliş aks etgan suratlarni e’lon qilgandi, u «hammasi joyida» ekanini ta’kidladi. «Öylaymanki, u tafsilotlarni özi aytadi», deb qöşimça qildi Belenyuk.
Xotini: Tuşunmovçilik böldi
Usikning rafiqasi Yekaterina «tuşunmovçilik» yuz berganini yozdi. «Usik - ozodlikda», deb qöşimça qildi u.
Aleksandr Usik asli Simferopoldan. May oyida 37 yoşli sportçi oğir vaznda mutlaq jahon çempioni unvonini qölga kiritdi. Keyinçalik u Xalqaro boks federatsiyasi versiyasi böyiça unvondan voz keçdi, sababi kerakli vaqt oraliğida uni himoya qila olmaydi. Usik 2012 yilgi London Olimpiadasi çempioni. Boksçi professional ringdagi 22 ta jangning barçasida ğalaba qozongan. Usik 21 dekabr kuni Ar-Riyodda britaniyalik Tayson Fyuriga qarşi jang ötkazişi kutilmoqda.

















