2018 yil 12 dekabr kuni Buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Toşkent şahrining Yunusobod tumani Çingiz Aytmatov köçasida örnatilgan adib siymosi aks etgan yodgorlik – barelefning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Çingiz Aytmatov yodgorligi – barelefi atrofida davlat va jamoat arboblari, Yozuvçilar uyuşmasi, Jurnalistlar uyuşmasi, Fanlar akademiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamğarmasi, Özbekiston xotin-qizlar qömitasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi faollari, oliy öquv yurtlarining professor-öqituvçilari va talabalari, Qirğiz milliy-madaniy markazi faollari, taniqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san'at namoyandalari, adabiyot sohasi vakillari, ijodkor ziyolilar, Taşqi işlar vazirligi, Qirğiziston Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi va keng jamoatçilik vakillari töplanadi.


Tantanali tadbirni Özbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov qisqaça kiriş sözi bilan oçdi. Ilk söz Özbekiston Respublikasi prezidentining maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidovga berildi.
— Bugun biz buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov yodgorligi – barelefining tantanali oçiliş marosimiga yiğildik, — dedi A. Abduvohidov. — Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan özbek va qirğiz xalqlari örtasidagi azaliy döstlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda. Oliy darajadagi uçraşuvlarda erişilgan kelişuvlar ikki mamlakatning taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatovning yodgorligi – barelefini Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Saidov, Qirğiziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vaziri örinbosari Baqytbek Sekimovlar oçdi.


Bundan taşqari, Özbek Milliy akademik drama teatrida Çingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bağişlangan ijodiy keça bölib ötdi.














