Olmaliq şahridagi “Moskva pölat va qorişmalar instituti — MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti filialida Özbekistonda tabiiy resurslarni qayta işlaş jarayonlari samaradorligini oşiriş, şuningdek milliy metallurgiya sohasini modernizatsiya qiliş va ilm-fanni integratsiya qiliş masalalariga bağişlangan xalqaro ilmiy amaliy anjuman bölib ötdi.


Tadbir Rossiyaning “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filiali hamda “Olmaliq KMK” AJ, şuningdek, “SFI Management” xalqaro kompaniyasi tomonidan taşkil etildi.
Mazkur anjumaning miqyosi va ahamiyati haqida uning iştirokçilari tarkibi sözlab beradi. Unda jahonning turli tadqiqot muassasalari, işlab çiqariş birlaşmalari, şuningdek, Germaniya, Finlandiya, Xitoy, Rossiya, Qozoğiston hamda MDHning boşqa davlatlari metallurgiya korxonalaridan 80 dan ortiq olim va ekspertlar iştirok etişdi. Ularning orasida Rossiya fanlar akademiyasi, Qozoğiston milliy fanlar akademiyasi, “MISiS” MTTU, “Stalproyekt”, “Metallurgiya va boyitiş” institutlari, “Nord Engineering”, “Kanex Group”, “China ENFI Engineering Corporation”, “Norilskiy Nikel” KMK, “Sredaztsvetmetenergo” AJ kabi sohaning yetakçi kompaniyalari vakillari va boşqalar bor.

Anjuman mobaynida ekspertlar sönggi yillarda prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida Özbekistonning metallurgiya sohasida röy bergan özgarişlar, mamlakat korxonalarida zamonaviy avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari, işlab çiqariş texnologiyalari hamda sohaning jahondagi yetakçi xorijiy mamlakatlar ilğor tajribasi faol va muvaffaqiyatli qöllanilayotganini yuqori baholaşdi.


Ekspertlar tomonidan ham mamlakatimizda, ham xorijda metallarni qayta işlaşni takomillaştirişning zamonaviy tendensiyalari körib çiqildi. Bu holda Olmalik KMKning mis eritiş zavodini yanada rivojlantirişning kontseptual anglaşuvi böyiça diskursga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, kombinatning işlab çiqariş sikliga Vanyukov jarayonini joriy etiş etiş böyiça muvaffaqiyatli tajribasi tahlil qilindi. Uning şarofati bilan rangli va qimmatbaho metallar işlab çiqariş samaradorligi oşgan, bölinmalarning bir maromdagi va barqaror faoliyati ta'minlangan, şuningdek mehnat şaroitlari va ekologik vaziyat yaxşilangan.












