Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 41 foizga oshdi
Foto: drive2.ru
O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi o‘sishda davom etmoqda, bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Xususan, 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida 174 570 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi, 2017 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 123 701 donani tashkil etgan. Shu tariqa, o‘sish 41 foizga teng bo‘ldi.
Yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham oshdi - 7,2 foizga (3 785 dona).
Avtobuslar ishlab chiqarish darajasi pasayishda davom etmoqda - o‘tgan 11 oy davomida 733 dona avtobus ishlab chiqarildi, o‘tgan yilning shu davrida bu raqam 915 donaga teng bo‘lgandi.
Traktorlar ishlab chiqarish keskin ko‘paydi - 760 donadan 2 976 donagacha. Qariyb 4 barobarga.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026