Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalaş hamda çaqiriluvçilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Vatanparvar” MKT va Özbekiston Paraşyut sporti federatsiyasining paraşyut sporti böyiça sport seksiyalarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Özbekiston Paraşyut sporti federatsiyasi va “Vatanparvar” MKT bilan birgalikda:

mamlakatda paraşyut sportini rivojlantiriş, qöllab-quvvatlaş va ommalaştiriş, fuqarolarning mazkur sport turiga qiziqişini şakllantiriş çoralarini köradi;

paraşyut sporti böyiça sport seksiyalarining aviatsiya va havo-desant komplekslari, paraşyut tizimlari, anjomlar va trenajyerlar bilan, şuningdek, öquv-metodik va körgazmali qurollar bilan jihozlanişini ta'minlaydi;

“Vatanparvar” MKT markazlari va ta'lim muassasalari negizida fuqaro yoşlarni “paraşyutçi” mutaxassisligi böyiça tayyorlaşni taşkil etadi.