Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalaş hamda çaqiriluvçilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilar Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilandi:
yoşlar va fuqarolarni ma'naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas'uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyğularini singdiriş;
sportning texnik va amaliy turlari rivojlantirilişi va ommalaştirilişini ta'minlaş, sport taşkilotlari va jamoalari faoliyatiga kömaklaşiş;
bolalar, ösmirlar va çaqiruvgaça bölgan yoşlar örtasida ommaviy sport işlarini taşkil etiş va ötkaziş;
yoşlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boşlanğiç bilimlarga öqitişda va ularni harbiy xizmatga tayyorlaşda davlat hokimiyati organlariga kömaklaşiş;
avtomototransport vositalari haydovçilarini, şuningdek, ommaviy texnik kasblar mutaxassislarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
şunday yönalişlar böyiça faoliyat yuritayotgan xalqaro taşkilotlar bilan faol hamkorlik qiliş.
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi PQ–3898-son qarori bilan tuzilgan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari tizimida ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşiriş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy komissiyalari zimmasiga:
“Vatanparvar” MKTga yuklangan vazifalarni amalga oşirişda unga yaqindan kömaklaşiş;
yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşni taşkil etiş, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiriş böyiça ötkazilayotgan tadbirlar samaradorligini örganiş, mavjud muammolarni hal etiş böyiça takliflar işlab çiqiş majburiyati yuklandi.












