Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoy tovarlariga bojlar bo‘yicha bir qarorga keldi
2019 yil 1 martgacha Qo‘shma Shtatlar Xitoy tovarlariga bojlar joriy etmaydi, deb xabar qilmoqda Bloomberg ikki manbaga tayangan holda.
Agentlikdan eslatishlaricha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati tomonidan taklif etilgan bojlar Xitoyning qator tovarlari uchun tariflarni 10 foizdan 25 foizgacha ko‘tarishni nazarda tutadi. Kutilishicha, bunday choralar AQShga 200 milliard dollar olib keladi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Oq uy rasmiy ravishda 14 dekabr, juma kuni bojlar joriy etilishi kechiktirilishi haqida e'lon qiladi. Ushbu qaror tegishli hujjat bilan mustahkamlab qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy bilan «texnologik urushni» boshlamoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026