Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messining otasi Xorxe Messi 68 yoşida hayotdan köz yumdi. Köplab naşrlar bu haqda Argentinaning infobae gazetasiga tayanib xabar bermoqda. Hozirça uşbu ma’lumot böyiça rasmiy tasdiq bölganiça yöq.

Mahalliy matbuotga köra, Xorxe Messi 8-avgustga ötar keçasi soat 22 lar atrofida, Argentinaning Rosario şahridagi şifoxonada vafot etgan.

U oxirgi oylarda oğir kasallik bilan kuraşib kelayotgan edi.

Öğli Leo iyun oyida Jahon çempionati ilk turini Jazoirga qarşi öyinda uçta gol bilan boşlagan, öyindan keyin esa köz yoşlarini tiya olmagan edi. Kiçik Messi bu köz yoşlari sababi sport emas, boşidan keçirayotgan oğir kunlari bilan boğliqligini aytgandi.

Uning otasi jiddiy bemor ekani haqidagi xabarlar öşanda tarqala boşlagan, çunki Leoning agenti bölib kelgan otasi Argentina öyinlari vaqtida tribunalarda köriniş bermagan edi.

Iyun oyida Messining oilasi bayonot berib, katta Messi haqiqatan ham davolanişda ekani, lekin ahvoli yaxşi ekanini ma’lum qilgandi. Öşa bayonotdan bir kun oldin La Opinion naşri Xorxe Messi yanvar oyida oğir xastalikka çalingani, mundial arafasida esa ahvoli oğirlaşgani haqida yozgandi.

Lionel Messining futboldagi yutuqlarida otasining hissasi juda katta. U öğlini kiçik yoşidan futbol maşğulotlariga bergan, 13 yoşlik paytida “Barselona” akademiyasiga öqişga yuborgan.

Xorxe Messi uzoq yillar davomida öğlining agenti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.