“Elektron hukumat” tizimini boşqariş böyiça funksiyalar  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligidan Loyiha boşqaruvi milliy agentligiga ötkazilganligi vaqtinçalik çoraga sabab böldi, deb yozmoqda Norma.

Prezidentning 2018 yil 13 dekabrdagi farmonida vakolatlarni idoralar örtasida qayta taqsimlaşning sababi aniq belgilandi – LBMA raqamli iqtisodiyotni joriy etiş va rivojlantiriş sohasida vakolatli organ, Elektron hukumat esa uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
 
Şu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oşirilayotgan loyihalarning amalga oşirilişi va moliyalaştirilişini töxtatib qöyiş va bir oy muddatda ularni töliq xatlovdan ötkaziş topşirildi. LBMA, öz navbatida, 2019 yil 1 aprelga qadar amalga oşirilayotgan loyihalarni tanqidiy körib çiqadi hamda maqsadga muvofiq, dolzarb, raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş maqsad va vazifalariga mos keladigan loyihalarning davom ettirilişini ta'minlaydi. 2019 yil 1 mayga qadar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantiriş konsepsiyasi loyixasi prezident Administratsiyasiga kiritiladi.
 
"Elektron hukumat" işini töxtatib qöyiş haqida gap borayotgani yöq. Elektron davlat xizmatlarini odatdagi tartibda körsatiş davom ettiriladi.
 
Bunda kelasi yilda barça davlat xizmatlarini faqat “Universal Mobile Systems” MÇJ ma'lumotlarni qayta işlaş markazlari orqali taqdim etiş boşlanadi. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 mayiga qadar ma'lumotlarni qayta işlaş markazlariga bölgan ehtiyoj va ularning joylaşuvi töğrisida prezident Administratsiyasiga takliflar kiritadi. Mohiyatiga köra, operator "Elektron hukumat" uçun hisoblaş quvvati va aloqa kanalini ta'minlaydi.

Bundan taşqari, Elektron hukumatni rivojlantiriş uçun alohida bojxona ombori taşkil etiladi.