Senatning ön yettinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta'minlaş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun ma'qullandi

“Huquqiy axborot” kanali xabariga köra, qonun bilan kiritilgan özgartirişlarga asosan fohişalik uçun jarima miqdori oşirildi, bu iş bilan şuğullaniş eng kam oylik iş haqining uç baravaridan yetti baravarigaça jarima solinişiga olib keladi (ilgari eng kam oylik iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça).

Uşbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa eng kam iş haqining yetti baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi (ilgari eng kam oylik iş haqining uç baravaridan beş baravarigaça jarima).

Ön olti yoşga tölişi munosabati bilan öz vaqtida pasport olmaganligi uçun ma'muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilandi (buning uçun 18 yoşga qadar pasport oliş kerak).

Işga qabul qilişda endilikda propiska talab qilinmaydi bu haqda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks va Mehnat kodeksiga tegişli özgartirişlar kiritildi.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksdan vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yaşab turgan fuqarolarni işga qabul qilganlik uçun iş beruvçini ma'muriy javobgarlikka tortişga asos böluvçi 223-2-modda çiqarib taşlandi. 

Xuddi şunday, Mehnat kodeksidan ham işga kirayotgan şaxs vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmagan bölsa işga qabul qilişni rad etiş mumkinligi haqidagi qoida çiqarib taşlandi.

Eslatib ötamiz, qonun kuçga kirişi uçun prezident tomonidan imzolanişi va belgilangan tartibda rasman e'lon qilinişi lozim.

Propiska va pasport qoidalari böyiça qonunçilikda qanday özgarişlar kutilyapti?Deputat: propiska adolatli rejim, deb ayta olmayman