Özbekiston kon-metallurgiya tarmoği faxriysi, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining sobiq boş direktori Nikolay Ivanoviç Kuçerskiy 81 yoşida vafot etdi. Davlat rahbari va hukumat a'zolarining ta'ziyasi ÖzA tomonidan e'lon qilindi.
Nikolay Kuçerskiy 1937 yili Ukrainada tuğilgan. 1961 yilda Dnepropetrovsk konçilik institutini toğ-kon muhandisi mutaxassisligi böyiça bitirgan. Şu yili Uçquduq şahrida toğ ustasi sifatida mehnat faoliyatini boşlab, uçastka boşliği, karer boşliği, boş muhandis, söng Markaziy ruda boşqarmasi direktori lavozimlarida işladi.
N.Kuçerskiyning butun mehnat faoliyati Özbekistonning uran va oltin qazib oliş sanoati bilan boğliq.
Işlab çiqariş sohasini puxta bilişi, ulkan tajribasi tufayli mamlakatimiz kon-metallurgiya tarmoğining yirik loyihalariga rahbarlik qildi. 1985 yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining boş direktori etib tayinlandi.
N.Kuçerskiy boş direktor lavozimida bor kuç-ğayratini, bilimini oltinni oçiq usulda qazib olişni jadal rivojlantirişga sarfladi. Ayniqsa, Zarafşon, Uçquduq oltinni qayta işlaş majmualarini taşkil etiş va yanada rivojlantirişga, uran tarmoğini quduq burğilagan holda yer ostida tanlab eritişdek kamçiqim usulga ötkazişga katta hissa qöşdi.
Texnika fanlari doktori, Özbekistonda xizmat körsatgan muhandis, Navoiy davlat konçilik instituti va Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş institutining faxriy professori N.Kuçerskiy katta ilmiy-tadqiqot işlari olib bordi. U 150 ga yaqin ilmiy iş, 14 ixtiro muallifidir.
N.Kuçerskiy Oliy Majlis deputati etib saylangan, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi edi.
N.Kuçerskiyning Özbekiston mustaqilligini mustahkamlaş, toğ-metallurgiya sanoatini jadal rivojlantirişga qöşgan hissasi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. 1996 yilda unga oliy mukofot – "Özbekiston Qahramoni" unvoni berildi. Şuningdek, u "El-yurt hurmati" va "Döstlik" ordenlari bilan mukofotlangan.
Işlab çiqariş sohasining yirik taşkilotçisi, olim, mehribon ustoz Nikolay Ivanoviç Kuçerskiy xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, N.Yöldoşev, N.Ismoilov,
A.Aripov, A.Sultonov, Q.Sanaqulov












