13 dekabrda senatorlar Içki işlar vazirligi işlab çiqqan hujjat loyihasini körib çiqişdi.
Avvalroq Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi (QHTBT) portalida joylaştirilgan hujjat loyihasiga köra, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 1883-modda bilan, Jinoyat kodeksi esa 1271-modda bilan töldirilişi kutilmoqda.
Ta'kidlanişiça, tilançilik uçun ma'muriy jazo (eng kam iş haqining bir barobaridan 3 barobarigaça yoki 15 sutkagaça ma'muriy hibsga oliş) qöllangandan keyin qonunbuzarlarga 240 soatgaça ijtimoiy-foydali işlarga majburiy jalb etiş, 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 1 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki şunday muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilişi mumkin.
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi ma'lumotlariga köra, Toşkentda oxirgi yil tilançilik bilan şuğullanuvçi 5 mingdan köproq kişi aniqlangan. Ulardan 4 mingini ayollar (3 mingi yoş bolalar bilan), 100 ga yaqinini nogiron erkaklar va 500 ga yaqinini keksa yoşli kişilar taşkil qiladi. Senatda ma'lum qilinişiça, Toşkentda Toşkent viloyatidan (30-35 foiz), Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlaridan (25-30 foiz), Buxoro va Samarqand viloyatlaridan (20-25 foiz) va poytaxtning özidan (15-20 foiz) bölgan tilançilar “işlaydi”.
Ba'zi OAVda Özbekistonda tilançilik qonunan taqiqlangani ma'lum qilindi. Şunga e'tibor qaratiş kerakki, hozirça heç narsa rasman taqiqlanmagan, çunki har bir qonun loyihasi prezident tomonidan imzolanişi va OAVda rasman e'lon qilinişi kerak. Şundan keyingina u kuçga kiradi.













