Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar bilan hamkorlik sohasida Özbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3982-sonli qarorini amalga oşiriş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar, ularning oila a'zolariga Özbekiston Respublikasiga köp marotabali hamda uzoq muddatli kiriş vizalarini rasmiylaştiriş va ularni içki işlar organlarida vaqtinça propiska qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.
Nizomga köra, quyidagilar:
Özbekiston hududidan taşqarida doimo istiqomat qiladigan yoki ta'lim oliş, mehnat faoliyati bilan şuğullaniş, oilaviy sabablar va boşqa şaroitlardan kelib çiqib vaqtinçalik çet elda yurgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari;
xorijga çiqqan va çet el fuqaroligini olgan, Vataniga ma'naviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda Özbekiston Respublikasi bilan madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boşqa aloqalarni rivojlantirişga harakat qilayotgan Özbekistondan çiqib ketgan şaxslar va ularning avlodlari;
etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan özini özbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda Özbekiston bilan har tomonlama aloqada böliş xohişida bölgan xorijda istiqomat qilayotgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar hisoblanadi.
Vatandoşlarning oila a'zosiga uning turmuş örtoği, öz oilasiga ega bölmagan hamda voyaga yetmagan farzandlari kiradi. Ularni taklif qiluvçi Özbekiston Respublikasi fuqarolariga Özbekistonda doimiy istiqomat qiluvçi töğri şajara böyiça birinçi va ikkinçi darajali qarindoşlari kiradi.
Vatandoşlarni Özbekiston Respublikasiga taklif qiluvçi doimiy istiqomat joyidagi IIO MvaFRBga murojaat etib quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ikki nusxada belgilangan şakldagi ariza-anketa;
taklif qiluvçining pasporti (nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
vatandoşlarning milliy pasporti yoki harakatlaniş hujjati nusxasi;
taklif qiluvçining vatandoşlar bilan qarindoşlik darajasini tasdiqlovçi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalar yoki ularning örnini bosuvçi hujjatlar, nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);












