Adliya vazirligi tomonidan ötkazilgan seminar-treningga taklif etilgan soha mutaxassislari hozirgi kundagi muammolar haqida töxtalib ötişdi. Xalqaro press-klub raisi Şerzodxon Qudratxöjayev huquqiy jurnalistika sohasidagi kamçiliklarga e'tibor qaratdi.
«Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari faoliyati rivojlanib bormoqda. Ammo, kamçiliklar yetarli. Misol tariqasida, huquqiy jurnalistika masalasida oqsoqliklar kuzatilmoqda. Biz hozir ham yuridik, ham jurnalistik bilimga ega kadrlarga muhtojmiz. Adliya vaziri aytib ötganidek, yarim yilda 41 ming fuqaro javobgarlikka tortilgani ham haqiqiy holatni körsatib turibdi. Bu yetarli malaka va bilim yöqligidan dalolat beradi. Avvalo, jurnalistlarning malakasini oşiruvçi markaz taşkil etiş lozim. Bizda bunday institut mavjud emas. Professional işlaş yöq. Bugungi kungi xolislik va tezkorlik böyiça fikrimni sörasangiz. Men yomon degan bölardim», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, yiğilişda Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov blogerlikning huquqiy asoslari böyiça nutq sözladi va e'tiborni sohadagi kamçiliklarga qaratdi.
«Naşrlarda hozir kimdir kimnidir piçoqlagani, kimdir boşqasini zörlagani haqidagi salbiy xabarlar ham köp berilmoqda. Taşqaridan qaraganda, jinoyatçilik avj olgandek tasavvur paydo böladi. Biroq, jinoyatçilik darajasi ortmagan. Şunçaki, şunday xabarlar köp tarqalmoqda», degan u.
Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi eksperti Yoqutxon Mamatova axborot tarqatiş mas'uliyati va javobgarligi böyiça yiğilganlarga ma'ruza qilib, jurnalistikadagi qator muhim holatlar haqida söz yuritdi.
«Prezident öz ma'ruzasida jurnalistlar tanqidiy materiallar yozmasligi haqida aytib ötildi. Tanqid qilsa, rivojlaniş böladi. Biroq, buni hamma turliça tuşunadi. Tanqid qanday bölişi kerak? Tanqid konstruktiv bölişi kerak. Jurnalist özi hamma joydan ayb qidirib yuradi. Şuning uçun ularni hamma yoqtirmaydi. Bu Amerikada ham şunday, bizda ham şunday. Aslida biz davlatning ğoyalarini translyatorlarimiz», dedi soha eksperti.
Şundan söng, jurnalistlar bilan savol-javoblar ötkazildi.
Kun.uz muxbiri Milliy teleradiokompaniyaning xususiylaştirilişi ehtimoli böyiça bergan savoliga javoban ekspertlar «buning vaqti kelgani»ni ta'kidlab ötişdi.
«Ommaviy axborot vositalariga bozor munosabatlarini kiritiş lozim. Hozir bu masala telekanallarda qattiq kun tartibiga qöyilgan. Ularning faoliyati, xodimlar maoşi, moliyaviy transformatsiya masalasi juda muhim va xodimlarning özlari ham bunga tayyor bölişi lozim. Hozir u yerda judayam oğriqli masala bölayotganini televideniye vakillari judayam yaxşi biladi. 2019 yilda bu dargohda katta özgarişlar bölişi mumkin», degan ekspertlardan biri.









