Vaqf – Islom şariatiga Qur'on, Sunnat va ijmo' bilan sobit bölib kirgan mustahab amal.
Vaqf sözi luğatda «tutib turiş», «töxtatiş» ma'nolarida keladi. Vaqf - narsani Alloh mulki hisobida saqlaşdir. Ya'ni, vaqf qilingan narsa vaqf qiluvçining mulkidan çiqadi va Alloh mulkiga aylanadi.
Vaqf qilingan narsadan keladigan foyda vaqf qiluvçi tomonidan belgilangan manzilga (masalan, talabalar, musofirlar, kambağallarga) sarf qilinadi va savobi vaqf qiluvçiga abadiy böladi, hatto ölimidan keyin ham yetib turadi. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, meros bölmaydi.
Vaqf – sadaqa emas, sadaqa bir narsani infoq qiliş bilan sodir böladi. Vaqf – öşa narsani aynini uşlab turgan holda, foydasini eng gözal suratda sarflab borişdir. Buning savobi vaqf qiluvçining ölimidan keyin ham unga yetib turadi.
Vaqf — musulmon mamlakatlarida davlat yoki ayrim şaxslar tomonidan diniy ehtiyoj yoki xayriya işlari uçun ajratilgan mol-mulkdir. U öz içiga köçmas mulk (bino va inşootlar, ekin maydonlari) va köçar mulkni (asbob-uskunalar, stanoklar, qurol-yaroğlar) oladi. Ulardan foydalanganda, mulkning asli yöqolmaydi, ammo foydasi sarflanadi.
Video: Youtube
Vaqfning turlari – masjidlar, madrasalar, şifoxonalar, mehmonxonalar, zoviya - zikrxonalar, takyalar kabi muhtojlarga atalgan muassasalar, kambağalligi tufayli turarjoy qura olmaydigan, uy sotib yoki ijaraga ololmaydigan oila va şaxslarga atalgan turarjoylar, yölovçi va muhtojlarga suv tarqatişga möljallangan quduqlar, kişilarga turli taomlarni tarqatadigan xayriya oşxonalari, yöl va köpriklar, ularni tuzatiş bilan öz xizmatlarini taqdim qiladigan korxonalar, taşlandiq va yetim bolalarga atalgan, ularni yediriş, içiriş, kiyintiriş, yaşaş joyi bilan ta'minlaş, xatna qildiriş bilan boğliq muassasalar, közi ojiz, şol va ojiz kişilarga atalgan, ularning huzur-halovat ila yaşaşlari uçun barça kerakli narsalarni hozir qiluvçi muassasalar, qamoqdagilarga yordam beradigan, ularga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib beradigan muassasalar, oila qurişda qiynalib qolgan yoş yigit-qizlarga yordam qiladigan muassasalar, emizikli onalarni sut va qand bilan ta'minlaydigan xayriya muassasalari, idişlarini sindirib qöygan bolalarga yordam beradigan muassasalar, qarovsiz qolgan hayvonlarga yordam beradigan xayriya taşkilotlari körinişida bölişi mumkin.











