Transport vositalari haydovçilarining mast holatda ekanligini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom 2018 yil 14 dekabr kuni Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda vazirlik telegram-kanali xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, haydovçilarning alkogolli içimliklar ta'siridan mast holatda ekanligini aniqlaş içki işlar organining Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) xodimlari tomonidan amalga oşiriladi.
Haydovçilarning mast holatda ekanligini aniqlaş böyiça tekşiruv alkotester (havoga çiqarilgan etanol buğlarini aniqlovçi va tekşiruv natijalarini qoğozda aks ettiruvçi maxsus texnik vosita) yordamida amalga oşiriladi.
Quyidagilar haydovçilarning alkogolli içimliklar, giyohvandlik vositalari ta'siridan yoki özgaça tarzda mast holda ekanligini aniqlaş uçun tekşiruv ötkazişga asos böladi:
haydovçining oğiz böşliğidan alkogol hidi kelişi;
haydovçi bir holatda töğri tura olmasligi (çayqalib turişi);
haydovçi nutqining buzilganligi;
haydovçi qöl barmoqlarining qaltiraşi;
haydovçi yuz terisi rangining sezilarli özgarganligi.
Eslatib ötamiz, avvalroq YPX xodimi ta'qib qiliş yoki kuzatiş vaqtida nimalarga amal qilişi lozimligi belgilangandi.













