Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi
tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, özining şaxsiy xavfsizligi va harakat qatnaşçilari xavfsizligini ta'minlaş uçun ta'qib qiliş yoki kuzatiş vaqtida YPX xodimi quyidagilarga amal qilişi lozim:

patrul avtomobilida maxsus çiroq-mayoqça va tovuşli signallar muntazam yoqilgan holatda bölişi;

aniq şart-şaroitlardan kelib çiqqan holda harakat tezligini tanlaşi;

saf bölim (bölinma) yoki IIB navbatçisiga özining ketayotgan joyi, qayerdaligi va harakatning yönalişi töğrisida ma'lum qilib turişi;

yöl harakatining boşqa qatnaşçilarini huşyorlik va ehtiyotkorlik çoralarini körişlari böyiça xabardor qilib borişi;

ta'qib qiliş va kuzatiş jarayonida transport vositasining harakatlanişini çeklaş çoralarini körişi.

YPX xodimi ta'qib qiliş yoki kuzatiş vaqtida yöl harakati qatnaşçilarining hayoti va soğliği uçun xavfli harakatlar sodir etmasligi lozim.

YPX xodimi yöl harakatining boşqa qatnaşçilari harakatiga xavf tuğdiradigan katta hajmli va xavfli yuklarni taşiş qoidalari buzilganligini aniqlaganda, saf bölimi (bölinmasi) boşliğidan yoki navbatçidan tegişli körsatma olgunga qadar, uşbu transport vositasini yölning qatnov qismidan çetlaştiriş çoralarini körişi lozim.

Eslatib ötamiz, avvalroq haydovçilar mobil videokamerasiz işlayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega bölişi xabar qilingandi.