Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Nizomga ko‘ra, vazirlik tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Vazirlikning markaziy apparati;

Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi;

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi;

Bosh ilmiy-metodik markaz;

Pedagogik innovatsiyalar va kasb-hunar ta'limi o‘qituvchilari malakasini oshirish instituti;

O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;

Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari;

Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi;

“Ma'naviyat va ma'rifat” markazi;

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;

tasarrufdagi oliy ta'lim muassasalari va oliy maktablar;

tasarrufdagi kasb-hunar ta'limi muassasalari.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi sohasida zamonaviy sharoitlarda ish faoliyatini tashkillashtirishning ilg‘or uslub va shakllarini egallagan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, yuqori bilimli, malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta'minlash va ular yuzasidan qabul qilingan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- yuqori malakali, yangicha fikrlovchi, kasbiy faoliyat sohasida zamonaviy bilimlarga va malakaga ega, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarni o‘zlashtirgan kadrlarni oliy ta'lim muassasalarida tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini ta'minlash;