«Yuventus» Italiya A Seriyasining 16-turida «Torino» ustidan ğalabaga erişdi. «Olimpiko di Torino» stadionida keçgan Turin derbisi 1:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal böldi.

Öyindagi yagona gol «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu tomonidan 70-daqiqada penaltidan urildi.

«Yuventus»ning Italiya çempionatidagi ğalabali seriyasi 7 öyinga yetdi. «Torino» uçun bu oxirgi 4 öyindagi ilk mağlubiyat böldi.

«Yuventus» 46 oçko jamğargan holda A Seriya turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda, «Torino» 22 oçkosi bilan — oltinçi örinda.

Keyingi turda Massimiliano Allegri şogirdlari «Roma»ni qabul qiladi, Valter Matstsarri şogirdlari «Sassuolo» mehmoni bölişadi. Ikki öyin ham 22 dekabrga belgilangan.

Italiya çempionati
16-tur
Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu.
Torino – Sirigu (Içaso, 20), Itstso, Nkulu, Djidji, Rinkon, Ayna (Berenger, 85), Ansaldi (Paridjini, 75), Bazelli, Meyte, Dzadza, Belotti.
Yuventus – Perin, De Şilo, Bonuççi, Kellini, Aleks Sandro, Djan, Pyaniç, Matyuidi, Dibala, Mandjukiç, Ronaldu.
Ogohlantirişlar: Dzadza (27), Pyaniç (48), Jan (51), Ronaldu (70), Ansaldi (72), Perin (90)